Vebinar dasturida:
- Amaldagi MKning qanday kamchiliklari yangi MKda bartaraf etildi;
- MKning tamoyillarida nima o'zgardi;
- Yangi MK bo'yicha muddatlarni qanday hisoblash kerak;
- Ichki mehnat tartibi qoidalarini yoki ishdan bo'shatishni kasaba uyushma qo'mitasi bilan qanday muvofiqlashtirish kerak;
- Nima uchun tashkilotga ijtimoiy sheriklik bo'yicha komissiya kerak;
- Yangi tartib bo'yicha ishga qabul qilish qanday bo'ladi;
- Agar begona shaxs ishga qo'yilsa, nima qilish kerak;
- Qanday qilib sobiq xodimlarni qayta ishga qabul qilish mumkin;
- Yangi Mehnat kodeksiga muvofiq mehnat shartnomasi qanday bo'lishi kerak;
- Muddatli mehnat shartnomasini tuzish qachon majburiy hisoblanadi;
- Qanday hollarda qo'shimcha kelishuv tuzish kerak;
- Xodimlarning shaxsiy ma'lumotlari bilan qanday ishlash kerak;
- Xodimni qanday xollarda ishdan chetlashtirish mumkin;
- Ish va dam olish vaqtini hisobga olishda nima o'zgardi;
- Qaysi vaqt qo'shimcha ish vaqti hisoblanadi;
- Bayram oldi kunlarida kimlarga erta ketishga ruxsat berilmaydi;
- Yangi Mehnat kodeksiga muvofiq xodimni qanday mukofotlash yoki jazolash mumkin;
- Xodimlarni o'qitish xarajatlarini qanday qoplash mumkin;
- Ayrim toifadagi xodimlar uchun qanday xususiyatlar paydo bo'ldi.